Uzukning yo‘qolishi

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uzuklari qanday yo‘qolgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nabiy sollalohu alayhi vasallamning ustiga «Muhammad Rosululloh» deb yozilgan uzuklari bo‘lgan. U bilan vasiqa va maktublarga muhr bosar edilar. Rasuli Akram sollalohu alayhi vasallamning vafotlaridlan so‘ng bu uzuk Abu Bakr roziyallohu anhu, u kishidan keyin Umar roziyallohu anhu, ukishidan so‘ng Usmon roziyallohu anhuga o‘tigan. U kishida. Olti yil turgan. Bir kuni Madinai Munavvaradagi Aris nomli quduqqa tushib ketadi va Usmon roziyallohu anhu o‘zlari bilan bo‘lgan kishilar bilan uzukni uch kun qidirib topa olishmaydi. Shu tariqa uzuk yo‘qolib qoladi. Manbalarning aksarida shu ma’lumot keltiriladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 20:37 | Savol-javoblar | 183 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar