Namozni buzadimi?
Assalomu alaykum! 1) Agar inson istibro qilib chiqib, taxorat olib, namoz o‘qiyotganida siydik ozgina miqdorda chiqsa namoz buziladimi yoki siydikning xam uzrli miqdorlari bormi? 2). Qarz berayotganda yoki olayotganda qaytarilish muddatini kelishish vojibmi? Agar kelishmay berilsa olinsa gunox bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Siydik juda oz miqdorda chiqsa ham tahorat buzuladi. 2). Qarz muddatini kelishish vojib emas. Kelishmay qarz bersa yoki olsa gunohkor bo‘lmaydi. Savdo qilingan bo‘lsa muddat belgilash shart. Qarzi hasanada belgilash shart emas. Mabodo belgilashsa va’dalashuv bo‘ladi. Qarz bergan odam o‘zi muhtoj bo‘lib qolsa muddatidan oldin olishga ham haqqi bor. Vallohu a’lam!
4 Iyul 2022, 23:59 | Savol-javoblar | 638 | Namoz