Hayvonlarni bichish harommi?

Assalomu alaykum! Bichilgan qo‘yning go‘shtini eyish mumkin deb sizning saytdan javob topgandim shu sabab hayvonlarni bichish joiz degan xulosaga kelgandim ,ammo yaqinda saytinggizda bir savolda (@Savollar_kanal 9496-savol)Bir OYATning ma’no tarjimasida HAYVONLARNI BISHISH NOJOIZ DEGAN KABI xulosani beruvchi gapni O‘QIB IKKILANIB QOLDIM SHUNI OYDINLASHTIRIB BERSANGIZ ILTIMOS ,OLDINDAN RAHMAT ALLOH YoRDAMSHI BO‘LSIN ,XAYRLI QILSIN ISHLARINGIZNI DOIM!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo hayvonlarni inson manfaati uchun yaratgan. Ularni axta qilish joiz va bu bilan ular tezroq semiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bichma qo‘yni so‘yganlar. Bichishda hayvonning semirishi va go‘shti shirin bo‘lishi bor.عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: ذَبَحَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَوْمَ الذَّبْحِ كَبْشَيْنِ أَقْرَنَيْنِ أَمْلَحَيْنِ مُوجَأَيْنِ، فَلَمَّا وَجَّهَهُمَا قَالَ: إِنِّي وَجَّهْتُ وَجْهِيَ لِلَّذِي فَطَرَ السَّمَوَاتِ وَالْأَرْضَ - عَلَى مِلَّةِ إِبْرَاهِيمَ - حَنِيفًا وَمَا أَنَا مِنَ الْمُشْرِكِينَ، إِنَّ صَلَاتِي وَنُسُكِي وَمَحْيَايَ وَمَمَاتِي ِللهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ لَا شَرِيكَ لَهُ، وَبِذَلِكَ أُمِرْتُ وَأَنَا مِنَ الْمُسْلِمِينَ، اللَّهُمَّ مِنْكَ وَلَكَ عَنْ مُحَمَّدٍ وَأُمَّتِهِ، بِاسْمِ اللهِ وَاللهُ أَكْبَرُ، ثُمَّ ذَبَحَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam so‘yish kuni ikkita shoxli, ola, axta qo‘yni so‘ydilar. Ikkisini yuzlantirganlaridan so‘ng:
«Albatta, men yuzimni osmonlaru erni yaratgan Zotga, Ibrohimning millatida bo‘lgan, to‘g‘ri yo‘lga moyil bo‘lgan holimda yuzlantirdim va men mushriklardan emasman. Albatta, namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uchundir. Uning sherigi yo‘q. Ana shunga buyurilganman. Va men musulmonlardanman. Allohim, bu Sendan va Senga Muhammaddan va uning ummatidan. Bismillah va Allohu Akbar», dedilar, so‘ngra so‘ydilar».

Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisi sharifdagi yangilik gaplardan – bichilgan hayvonni ham qurbonlik qilish mumkinligi haqidagi hukmni ta’kidlashimiz lozim.
Ikkinchi narsa esa qurbonlik so‘yish vaqtida o‘qiladigan duo. Ana shu duoni o‘rganib olib, qurbonlik so‘yayotganda o‘qilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan).
Mabodo biror odam so‘rasa bu faqat qo‘yga emas echki va qoramolga ham tegishli. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 05:16 | Savol-javoblar | 181 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar