Masjiddagi saf
Assalomu alaykum! Masjidda shunday xolat bo‘ladiki saf to‘la bo‘lmay odamlar oralari ochiq xolda ma’ruza payti o‘tirishadi va ko‘p xolda jamoat namozi saf to‘la bo‘lmagan xolda o‘qiladi, lekin shu xolatda oldindagi safga intilib odamlar orasidan o‘tsa bunday qilib bo‘lmaydi(jaxannamga ko‘prik solgan bo‘ladi) deyishadi. Bu xolda saf to‘la bo‘lishi muximmi yoki yuqoridagi gapni olg‘a surib ortda o‘tirish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shuning uchun takbir boshlanishi bilan safni to‘ldirishga harakat qilish kerak. Hayya alal falah deganda turamiz deb o‘tiravermaslik kerak. U gap saflarni jipslab tayyor bo‘lib turgan solih insonlarga tegishli edi. Biz kabi rohatini o‘ylab xohlagan joyiga o‘tirib imom quloq qoqayotganida safga turadiganlarga emas. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 07:21 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar