Voyaga etmagan bolani safda turishi
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustoz, Masjidda jamoat farz namozida voyaga etmagan, yosh bolalar oxirgi safda o‘qishi xaqida xadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Balog‘atga etmagan bolalar balog‘atga etganlardan orqaga safda turishlari haqida hadis yo‘q. Aksincha ibn Abbos roziyallohu anhu balog‘atga etmagan paytlarida qibla tarafdan kelib birinchi safga qo‘shilganligi haqida hadislar bor. Albatta aql va ilm egalari imomga yaqin turishlari afzal. Birinchi kelib avvalgi safga kelganni turgazib yuborish joiz emas. Chunki masjid kabi umumiy joylarda birinchi kelib o‘tirgan o‘sha joyga haqli inson hisoblanadi. "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لِيَلِنِي مِنْكُمْ أُولُو الْأَحْلَامِ وَالنُّهَى، ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ ثَلَاثًا وَإِيَّاكُمْ وَهَيْشَاتِ الْأَسْوَاقِ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Menga sizlardan etuklik va aql egalari yaqin tursin. So‘ngra ularga yaqin keladiganlar, – deb uch marta aytdilar. – Bozorlarning shovqinidan ehtiyot bo‘ling», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Demak, jamoat namozida imomga eng yaqin turadigan kishilar har jihatdan etuk va aql egasi bo‘lishlari kerak. Boshqacha qilib aytganda, imom namozni ado etishda yoki qiroatda adashib qolsa, uni tuzatib qo‘yadigan yoki biror sababga ko‘ra namozni tark etadigan bo‘lsa, o‘rniga o‘tib, kelgan joyidan namozga imomlik qilib keta oladigan shaxslar bo‘lishlari kerak. Har kim imomning orqasiga yoki unga yaqin joyga o‘zini urib, safga turib olaverishi ham durust emas. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 03:50 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar