Duolar xakida
Assalomu alaykum! Ustozlar telegram tarmogidagi bir kanalda manashu duolar keldi. Men bularni ukib chikdim. Va men bular rostmi yoki yolgon ekanligi bilmadim. Iltimos shunga oydinlik kiritib bersangiz. Shu duolarni okisa rostan xam shunday boladimi va shunday duolar bormi? (⁉️ Savol: Qanday qilib Jannatda uyingiz bo‘lishi mumkin? ❗️Javob: Ixlos surasini 10 marta o‘qing. ⁉️ Savol: Qanday qilib Jannatda xazinangiz bo‘lishi mumkin? ❗️Javob: “Laa havla va laa quvvata illa billah” ni ayting. ⁉️ Savol: Qanday qilib sizga Jannatda xurmo daraxti ekilishi mumkin? ❗️Javob: “Subhanallohil Azim va bihamdih” deb ayting. ⁉️ Savol: Qanday qilib har bir kalima uchun sizga Jannatda daraxt bo‘lishi mumkin? ❗️Javob: “Subhanallohi valhamdulillahi va laa ilaha illallohu vallohu Akbar”ni ayting. ⁉️Savol: Qanday qilib gunohingiz dengiz ko‘pigicha bo‘lsada mag‘firat qilinadi? ❗️Javob: “Subhanallohi vabihamdihi”ni 100 bor ayting. (va gunohlarga qaytmang) ⁉️ Savol: Qanday qilib Alloh taolo g‘am-qayg‘ularingizga kifoya qilishi mumkin? ❗️Javob: “Hasbiyallohu laa ilaha illa huva Alayhi tavakkaltu va huva Robbul ArshilAzim” ni 7 marta ayting. ⁉️ Savol: Alloh sizdan qanday rozi bo‘lishi mumkin? ❗️Javob: “Roziytu billahi Robban Va bil Islami diynan Va bi-Muhammadin sollollohu alayhi vasallama nabiyyan va rosulan” deb 3 marta ayting. ⁉️ Savol: Alloh qanday qilib gunohingizni mag‘firat etishimumkin? ❗️Javob: “Astag‘firullohal Azimallazi laa ilaha illa huval Hayyul Qoyyum va atubuilayh”ni 3 marta ayting. ⁉️ Savol: Qanday qilib 1000 yaxshilikka erishib, sizdan 1000 yomonlik o‘chirilishi mumkin? ❗️Javob: “Subhanalloh”ni 100marta ayting. ⁉️ Savol: Qanday qilib Rohmanning arshi misolidek hasanotga erishish mumkin? ❗️Javob: “Subhanallohi va bihamdihi va zinata arshihi” deb ayting. ⁉️ Savol: Qanday qilib maxluqotlar adadicha, arsh og‘irligicha, Allohning rizosi va U Zotning so‘zlarining siyohi misolicha ajrga erishish mumkin? ❗️Javob: “Subhanallohi vabihamdih adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata arshihi va midada kalimatihi” ni 3 marta ayting. ⁉️ Savol: Qanday qilib har bir muslim va muslima, mo‘min va mo‘mina uchun yaxshilik qila olishingiz mumkin? ❗️Javob: “Allohummag‘fir liy valil muslimina val muslimat val mu’minina val mu’minat al-ahyau minhum mamat” ni o‘qing. ⁉️ Savol: Qanday qilib Qur’oni karimni to‘liq qiroat qilganning ajrini olish mumkin? ❗️Javob: Yana Ixlos surasini 3 marta o‘qing. ⁉️ Savol: Qanday qilib shu amallarni hammasini bir necha barobari savobiga erishish mukin. ❗️Javob: Shu risolani qo‘lingizdan kelgancha tarqating. Har bir o‘qib amal qilganning savobi sizga kelib turadi.)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bularning har biriga alohida-alohidadan hadis bor. Ko‘plari sahih hadislardir. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 02:34 | Savol-javoblar | 177 | Duolar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bularning har biriga alohida-alohidadan hadis bor. Ko‘plari sahih hadislardir. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 02:34 | Savol-javoblar | 177 | Duolar