Gunohiga sherik bo‘lib qolish

Assalomu alaykum! Men masofaviy ta’lim olman (sirtqi) shu uch smestirdan beri bir kursdoshim o‘rniga o‘sha oligohni kunduzi yo‘nalishida ta’lim olayotgan ukasi akasini o‘rniga kirib yakuniyni ishlab ketmoqda buni hukmi qanday? 2). Men bir bora domlarmizga aytmoqchi bo‘ldim lekin fikrimdan qaytdim sababi guruhmizda sotqinga chiqarishdan qo‘rqdim lekin har safar shu hodisaga guvoh bo‘lsam vijdonim qiynaladi. Shunday vaziyat nima qilishim kerak? Uning qilgan yolg‘oniga sherik bo‘lib qolmanmi? Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Qaysi biringiz bir yomonlikni ko‘rsa, uni qo‘li bilan tuzatsin. Agar (qo‘li bilan qaytarishga) kuchi etmasa, tili bilan qaytarsin. Bunga ham kuchi etmasa, qalban yomon ko‘rsin. Bu esa imonning eng zaif darajasidir" (Muslim rivoyati). Meni qalbim bilan yomon ko‘rib kelman albatta bu ish xato deb shunga ko‘ra meni imonim zayif hisoblanadmi doyim yomon narsag dech kelsm shunda qalbim bilan yomon ko‘rib qo‘yman albatta bir kun kelib insof bersin deyman ichimda. 3) Kursdoshlarim bu hodisaga o‘zi bilan o‘zi ovora bilmaganday yuradi va oxir sizlarga savol yo‘ldim. Shu vaziyatni guvohi bo‘lgan kursdoshlarga ham aytmasdan yursa gunkor bo‘lib qoldimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ko‘zbo‘yamachilik va yolg‘onga qo‘l urishibdi. Bu haromdir.2). Qo‘l bilan yoki til bilan qaytarishga qodir bo‘lmasa, yoki shunday qilsa o‘ziga zarar etishi aniq bo‘lsa qalbi bilan o‘sha ishni yomon ko‘rishi lozim. Bunday vaziyatda bu iymonning eng zaifi hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!

14 Iyul 2022, 14:54 | Savol-javoblar | 231 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar