Aldovdan qarz yopish
Assalomu alaykum! Ustozlar, meni bir do‘stim bor u avto mashinalarga moy almashtirish do‘koni ochgan. Lekin bir ishiga xayronman, chet el moylari idishiga o‘zimizni moydan soladi va u solgan moyini kelgan klientga chet el moyi deb sotadi. Men unga bu ishin noto‘g‘ri desam u menga “Do‘stim meni qarzim ko‘p qarzimni yopib olay bu ishni boshqa qilmayman” deydi. Unga qanday yordam bersam bo‘ladi. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shu holda ish tutsa uni qarzi hech qachon yopilmaydi. Chunki qarzdan qutilish ham Alloh taoloning ne’matidir. Allohning ne’matiga gunoh bilan erishib bo‘lmaydi. Qarzini uzishga yaqinlashsa yana bir ishkollik chiqib umrining oxirigacha qarzga botib yuraveradi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 04:40 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom