Turmush o‘rtog‘imdan shubhalanish
Assalomu alaykum! Turmush qurganimga 6 oydan oshdi, Alhamdulillah turmush o‘rtogimham men ham ibodatdamiz, ularni ilmlari ham kuchli, nima to‘g‘ri nima noto‘g‘ri ekanligini biladilar. To‘yimizga 14 kun bo‘lganda to‘satdan telefonlariga habar kelganiga ko‘zim tushib qoldi, bir qarindoshlarini kelini to‘g‘ri yo‘lda yurmaydigan deb etilgandi ana o‘sha ayoldan ekan, keyin men hes nma dmadim va menga hech qachon hiyonat qlmang db huddi osha ishni sezib qolgandak munosabatda boldim, hozirgi kunda juda ham ulardan shubhalanaveraman, ayniqsa telefonlarini qollarida olib yurganlarida nega yonimizda qoldirmas ekan balki hiyonat qlayotgandir degan hayollar tinch qo‘ymiydi va natijada bazi voqtlarda yaxshi munosabatda bo‘lishni hoxlamayman bu esa oilamiz munosabatlariga tasr qlishidan qo‘rqaman, o‘zlariga ham etaman no‘to‘g‘ri yolda hes qachon yurmang undan ko‘ra nikohizga olib yashang deb, lekin menga bogan munosabatlari a’lo darajada, qanday yo‘l tutay iltimos maslahat bering, bilaman har bir inson qilgan gunohlariga javob beradi lekin bu holat, hiyonat ayol kishiga juda qattiq tasir qladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo sizga ne’matlarini to‘liq qilib beribdi. Shukr qilib yashang. Mo‘min borasida yomon gumonda bo‘lish og‘ir gunoh. Mabodo eringiz sizning ko‘z o‘ngingizda o‘sha ishni qilgan taqdirda ham unga yomon muomalada bo‘lishga zarracha haqqingiz yo‘q. Vallohu a’lam!
Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing:https://islom.uz/maqola/5568
12 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush