Otaga bo‘lgan munosabat

Assalomu alaykum! Men oilaliman ibodatlarimni oila qurganimdan keyin mukammallika yo‘naltirdim. Lekin oilamda Otam ibodatda emas, dasturxon atrofida xam ko‘cha ko‘yda xam menga bu yoqmaydi. Men juda xoxlayman otam meni duo qilishlarini. Duo qiling desam duo qilishga erinchoqlik qiladi. Men bazi gaplariga aksriyat javoblar qaytaraman men gunohkor bo‘lishdan judayam qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Robb(Alloh taolo)ning roziligi otaning roziligiga bog‘liqdir. Robbning g‘azabi otaning g‘azabiga bog‘liqdir” deganlar. Alloh taolo Isro surasida “Ota-onanga uff dema, ularni jerkima” deb marhamat qilgan” degan. Fuqaholarimiz ota-ona xato qilsa ularni bir bor yaxshilikka buyuradi. Agar qabul qilsalar qanday ham yaxshi, agar xushlamasalar sukut qilish va ularning haqqiga duo-istig‘forlar bilan mashg‘ul bo‘lish kerak. shunda Alloh taolo ikkisi tomonidan uni g‘amga solayotgan narsaga kifoya qiladi – deganlar. Ota-ona bilan baxslashsa bo‘ladimi degan savolga, ularning oyoq kiyimi bilan ham baxslashmaslik kerak deyilgan. Oxiratingizni kuydirib olmang. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 17:45 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar