Jannatda qor yog‘adimi

Assalomu alaykum! Menga qish yoz kuz manzaralari yoqadi. Agar men jannatga tushsam u erda ham bular boladimi yani qor yomg‘ir bulutli ob-havolar sodir bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jannatga kirish nasib qilganlar uchun u erda ular istagan barcha narsalar bordir. Furqon surasining 16-oyatida bunday deyiladi:لَهُمْ فِيهَا مَا يَشَاؤُونَ خَالِدِينَ كَانَ عَلَى رَبِّكَ وَعْدًا مَسْؤُولًا۝16. Ularga u erda, mangu qoluvchi hollarida, xohlagan narsalari bor. Bu Robbing zimmasidagi mas’uliyatli va’dadir.
 Jannatda taqvodor mo‘minlarga istagan narsalari bor. Jannatda nimalar borligini sanab, adog‘iga etib bo‘lmaydi. Shuning uchun osongina «…xohlagan narsalari bor», – deb qo‘yildi. Zotan, inson uchun baxt-saodatga etishishning to‘lig‘i istagan narsasiga erishishdir. Inson o‘shanday baxtga faqat jannatda erishadi. Erishganda ham, ma’lum muddatga emas, mangulikka erishadi. Chunki vaqtinchalik baxt-saodat to‘liq sanalmaydi. Bu gaplar shunchaki emas. (“Tafsiri hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!

18 Iyul 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar