Aka uka o‘rtasidagi nafaqalar

Assalomu alaykum! Biz aka ukani ayolimiz ovsinlar yashaymiz ro‘zg‘orimiz bitta lekin xamma narsa pullar tillalar qayni ukamda turadi ro‘zg‘orniyam ularga aytishadi mani xo‘jayinimlayam ukalaridan oladilar ular xoxlagancha cho‘ntaklariga pulni solib yuradilar xoxlagancha eyishadi kiyishadi o‘yinchoqlar taqinchoqlar mebellar olishadi lekin man yoki farzandlarim birorta kiyim kiysak qaynonamla qaerdan oldingla deb achiqlari keladi mani xo‘jayinimla kun orada 30 ming 40 ming olala bolalar uchun pichinnikka lekin qaynonamlani shungayam achiqlari keladi ishlari bitta bolgandan keyin xamma narsa ortada bolgandan keyin xamma narsa teng bo‘lishi kerakmasmi mani xo‘jayinimla pul yo‘q deyaverdila lekin ular shu yo‘q degan kuniyam biror narsa olib kelishadi shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aka ham ishlasa, uka ham ishlasa, sog‘-salomat bo‘lishsa, bir-birlariga nafaqa berishlari vojib emas. Ular shunchaki daromadlarini onalariga topshirishar ekan. Har kim o‘z mablag‘ini istaganicha tasarruf qilishga haqlidir. Sizlarda yuqoridagi holat urf bo‘lib qolgan bo‘lsa, o‘rtada nizo chiqarmay, murosa bilan yashang. Vallohu a’lam!

21 Iyul 2022, 15:32 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar