Telegram

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda telegram tarmoqlarida islomiy guruhlar ham bor shu guruhlarga kirsam ovozli chatda savol javob qilishlar ekan shu mumkinmi har kim ham savol javob qilsa men o‘ylardimki faqat domlalar savol javob qilishadi deb.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dalilga suyanmay biror gapni dindan deb gapirishdan qo‘rqishsin.  عَنْ عُبَيْدِ الله بْنِ أَبِي جَعْفَرَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَجْرَؤُكُمْ عَلَى الْفُتْيَا أَجْرؤُكُمْ عَلىَ النَّارِ. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ.Ubaydulloh ibn Abu Ja’fardan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Fatvoga jur’atli bo‘lganingiz do‘zaxga jur’atli bo‘lganingizdir», dedilar». 
Dorimiy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

21 Iyul 2022, 15:42 | Savol-javoblar | 158 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar