Erga telefonda xiyonat

Assalomu alaykum! Uylangaman bir o‘g‘il bir qizim bor meni ayolim telefonda boshqa insonlar bilan gaplashib menga xiyonat qilgan bu voqea 3 marta sodir bo‘ldi. O‘tgan safar bolam xaqqi deb qasam ichgan mendan berkitib SIM-karta olib telegram yozishmalarni ko‘rdim O‘sha kuniyoq uyiga jo‘nattim javobini va talog‘ini bermadim bolalarimni juda yaxshi ko‘raman va uni xam. Nima qilay kechirib bolalarim etim qolishidan asraymi yo javobini beraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolingizni shu holatiga tushib qolishiga balki o‘zingiz ham sababchi bo‘lishingiz mumkin. Agar tavbasi sodiq bo‘lsa, birga yashashingizga monelik yo‘q. Faqat bundan keyin bu kabi holat bo‘lmasligini qattiq nazorat qiling. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: إِنَّ امْرَأَتِي لَا تَمْنَعُ يَدَ لَامِسٍ، قَالَ: غَرِّبْهَا، قَالَ: أَخَافُ أَنْ تَتْبَعَهَا نَفْسِي، قَالَ: فَاسْتَمْتِعْ بِهَا. رَوَاهُ أَبُودَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Ayolim qo‘l uzatuvchining qo‘lini man qilmaydi», dedi.
«Uni o‘zingdan uzoqlashtir», dedilar.
«Nafsim unga ergashishidan xavf qilaman», dedi.
«Undan foydalanaver», dedilar u zot».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisdagi «Ayolim qo‘l uzatuvchining qo‘lini man qilmaydi», degan jumla «Erkaklardan o‘zini olib qochmaydi» yoki «Mol-mulkni haddan tashqari isrof qiladi», deb, ikki xil ta’vil qilingan.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam unday xotinni taloq qilib yuborishni maslahat berganlar. Lekin er xotinini taloq qilsa, undan ko‘ngil uza olmay, o‘zi qiynalishini bayon qilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Unday bo‘lsa, undan foydalanib yuraver», deganlar.
Bundan «qo‘lni man qilmaslik» mol-mulkni isrof qilish ma’nosida aytilganligi kelib chiqadi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam erkak kishining qo‘lini qaytarmaydigan ayol bilan birga yashayverishni maslahat berishlari mumkin emas. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

21 Iyul 2022, 15:22 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar