Mushrik ham jannatga kiradimi?

Assalamu alaykum! Men bir kun bir mashxur imom domlani bir ma’ruzasini tinglab turib g‘alati bir gapni eshitib qoldim. Imom aytdiki «Bizni Allohdan umidimiz juda katta! U juda kechirimli zot! Kofir va mushriklar jahannamda abadiy qoladi deyiladi, lekin vaqti soati kelib ularni ham Alloh kechirib yuboradi. Faqat qilgan gunohiga yarasha jazo muddatini otab bolgandan keyin» dedi. Lekin meni eshitishim bo‘yicha hamma gunohlarni kechirilsa ham shirk kechirilmas ekan. Bu gapga qanday munosabat bildirish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom domlani aytganini yaxshi tushunilmagan bo‘lsa kerak, ayni shunday deyish Alloh taoloning “Kofir mushriklar abadiy do‘zaxda qoladi” degan oyatiga zid gap bo‘ladi. Mushrik va kofir abadiy do‘zaxda qolishi qat’iy masaladir. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi : وَالَّذِينَ كَفَرواْ وَكَذَّبُواْ بِآيَاتِنَا أُولَئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ۝ 39. Va kufr keltirgan hamda oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlar esa – o‘shalar olov sohiblaridir, ular unda mangu qoluvchidirlar. “A’rof” surasida : وَالَّذِينَ كَذَّبُواْ بِآيَاتِنَا وَاسْتَكْبَرُواْ عَنْهَا أُوْلَئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ۝ 36. Oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlar va ulardan kibr qilganlar – ana o‘shalar olov sohiblaridir. Ular unda mangu qoluvchidirlar.  إِنَّ الَّذِينَ كَذَّبُواْ بِآيَاتِنَا وَاسْتَكْبَرُواْ عَنْهَا لاَ تُفَتَّحُ لَهُمْ أَبْوَابُ السَّمَاء وَلاَ يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ حَتَّى يَلِجَ الْجَمَلُ فِي سَمِّ الْخِيَاطِ وَكَذَلِكَ نَجْزِي الْمُجْرِمِينَ۝ 40. Albatta, oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlar va ulardan kibr qilganlarga osmon eshiklari ochilmas va ular tuya igna teshigidan o‘tmaguncha, jannatga kirmaslar. Jinoyatchilarni mana shunday jazolaymiz. “G‘ofir” surasida : الَّذِينَ كَذَّبُوا بِالْكِتَابِ وَبِمَا أَرْسَلْنَا بِهِ رُسُلَنَا فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ۝ 70. Kitobni va Biz rasullarimiz ila yuborgan narsani yolg‘onga chiqarganlar tezda bilurlar.  إِذِ الْأَغْلَالُ فِي أَعْنَاقِهِمْ وَالسَّلَاسِلُ يُسْحَبُونَ۝  فِي الْحَمِيمِ ثُمَّ فِي النَّارِ يُسْجَرُونَ۝ 71. O‘shanda ular bo‘yinlarida kishanlar va zanjirlar ila tortilurlar. 72. O‘ta qaynoq suvda, so‘ngra o‘tda kuydirilurlar.  ثُمَّ قِيلَ لَهُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ تُشْرِكُونَ۝ مِن دُونِ اللَّهِ قَالُوا ضَلُّوا عَنَّا بَل لَّمْ نَكُن نَّدْعُو مِن قَبْلُ شَيْئًا كَذَلِكَ يُضِلُّ اللَّهُ الْكَافِرِينَ۝ 73. So‘ngra ularga: «Shirk keltirib yurgan narsalaringiz qani, 74. Allohdan o‘zga?!» – deyildi. Ular: «Bizdan yo‘qolib qoldilar. Yo‘q. Oldin hech narsaga iltijo qilmagan edik», – dedilar. Alloh kofirlarni shunday qilib zalolatga ketkazur.  ذَلِكُم بِمَا كُنتُمْ تَفْرَحُونَ فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَبِمَا كُنتُمْ تَمْرَحُونَ۝ 75. Mana shular er yuzida nohaqdan shodlanib yurganingiz va kibru havoga berilib yurganingiz uchundir.  ادْخُلُوا أَبْوَابَ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا فَبِئْسَ مَثْوَى الْمُتَكَبِّرِينَ۝ 76. Jahannam eshiklaridan unda mangu qoluvchi bo‘lgan holingizda kiringlar. Mutakabbirlarning turar joyi qanday ham yomon! “Tag‘obun” surasida : وَالَّذِينَ كَفَرُوا وَكَذَّبُوا بِآيَاتِنَا أُوْلَئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ خَالِدِينَ فِيهَا وَبِئْسَ الْمَصِيرُ۝ 10. Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlar – ana o‘shalar olov sohiblaridir. Unda mangu qoluvchidirlar. U qanday ham yomon borar joydir! ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 04:41 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar