Ro‘za payti yaqinlik
Assalomu alaykum! Bugun tunda turib zulhijja ro‘zasini tutgandim. 3:40 og‘iz yopiladi. Men 3:20 da og‘zimni yopib, xonamga biroz dam olgani kirgandim. Erim yaqinlik qilib qoldi qo‘yarga qo‘ymay. Endi g‘usl olib chiqqunimcha soat 3:50 bo‘lib ketdi. Menga kafforat vojibmi endi? Qasddan ro‘zamni ochgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 3:40 gacha yaqinlikni tugatgan bo‘lsangiz va hali ham ro‘za tutish niyatingiz qolgan bo‘lib, uni buzuvchi biror ish qilmagan bo‘lsangiz ro‘zangiz durust. Agar ro‘zani niyat qila turib yaqinlikda davom etib u o‘sha vaqtdan o‘tib ketgan bo‘lsa yoki uni buzuvchi ishlarni qilgan bo‘lsangiz bir kun qazo tutib berasiz xolos. Kafforot vojib emas, u faqat ramazon oyida ramazon ro‘zasini qasddan ochish bilan vojib bo‘ladi. Agar o‘sha vaqtdan oldin ro‘za tutish niyatidan qaytgan bo‘lsangiz hech narsa vojib emas. Vallohu a’lam!
21 Iyul 2022, 19:42 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar