Masjidi nabaviy

Assalomu alaykum! Yaqinda bir narsani o‘qigan edim ammo qaerdaligini eslolmayapman. Kimda kim masjidi Nabaviyda ketma ket orasini uzmasdan paydar pay 70-80mi (eslolmayaman Vallohu alam) rakat jamoat bilan namoz o‘qisa qiyomatda dajjolni fitnasidan omonda bo‘ladi, iymoni mustahkam bo‘ladi. Shunday hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz keltirgan hadis sahihlar orasida yo‘q. Bu ma’no bilan imom Termiziy quyidagi hadisni rivoyat qilganlar: حَدَّثَنَا عُقْبَةُ بْنُ مُكْرَمٍ وَنَصْرُ بْنُ عَلِيٍّ، قَالَا: حَدَّثَنَا سَلْمُ بْنُ قُتَيْبَةَ، عَنْ طُعْمَةَ بْنِ عَمْرٍو، عَنْ حَبِيبِ بْنِ أَبِي ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ صَلَّى لِلَّهِ أَرْبَعِينَ يَوْمًا فِي جَمَاعَةٍ يُدْرِكُ التَّكْبِيرَةَ الْأُولَى، كُتِبَتْ لَهُ بَرَاءَتَانِ: بَرَاءَةٌ مِنَ النَّارِ، وَبَرَاءَةٌ مِنَ النِّفَاقِ».قَالَ أَبُو عِيسَى:  قَدْ رُوِيَ هَذَا الْحَدِيثُ عَنْ أَنَسٍ مَوْقُوفًا، وَلَا أَعْلَمُ أَحَدًا رَفَعَهُ إِلَّا مَا رَوَى سَلْمُ بْنُ قُتَيْبَةَ عَنْ طُعْمَةَ بْنِ عَمْرٍو.Bizga Uqba ibn Mukrom va Nasir ibn Aliy hadis aytib berishdi. Ular deyishdi: «Bizga Saliym ibn Qutayba hadis aytib berdi». U Tu’ma ibn Amrdan, u Habib ibn abu Sobitdan:
Anas Ibn Molikdan:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim qiriq kun birinchi takbiraga etishib jamoatta namoz o‘qisa, unga ikki ozodlik yoziladi, do‘zahdan ozodlik va nifoqdan (munofiqlikdan) ozodlik», dedilar».
Bu hadis Anasdan mavquf holda rivoyat qilingan, bir kishi u hadisni raf’ qilganini bilmayman, illo Saliym ibn Qutayba Tu’ma ibn Amrdan qilgan rivoyatidan. Vallohu a’lam!

21 Iyul 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 163 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar