Ushbu holatda ro‘za buziladimi?

Assalomu alaykum, muhtaram Shayx hazratlari!Islom.uz sahifasidagi "Ro‘zani buzadigan va buzmaydigan narsalar" maqolasida "...ro‘zadorligini eslab turib xushbo‘y narsani tutatib hidlasa, ro‘zasi ochiladi" deyilgan. Shuningdek, mo‘ylabga moy surtilsa ro‘za buzilmasligi to‘g‘risida ham so‘z ketgan.Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizdan ushbu savollarni so‘ramoqchi edim:1. Ro‘zador soqol olsa, buning uchun maxsus soqol olish gelidan foydalansa, va soqol olib bo‘lgach esa, yuz terisiga soqol olib bo‘lgandan keyin surtiladigan balzamdan foydalansa ro‘zasi buzilmaydimi? Sababi, bunday vositalarni teriga surtganda xushbo‘y hid tarqaladi va burunga kiradi, bunday holatda ro‘za ochilmaydimi?2. Ba’zan ko‘cha-ko‘yda, ishxonadada boshqa kishilarning atir-upa hiddari yoki atrofga sepilgan havoni yangilovchi xushbo‘y vositalarning hidi ro‘zadorning xohish istagisiz uning burniga kiradi, shunda uning ro‘zasiga putur etmaydimi?Javoblaringiz uchun avvaldan minnatdorchilik bildiraman. Alloh Sizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1, Har bir matnni o‘qiganda ehtibor bilan o‘qish kerak. "...ro‘zadorligini eslab turib xushbo‘y narsani tutatib hidlasa, ro‘zasi ochiladi", tutatib hidlaganda tutun ichiga kiradi. Siz so‘rayotgan narsalar esa, odamning ichiga kridagina narsalar emas.2, Inshaalloh, etmaydi.

28 Aprel 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 160 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar