"Baxtiyor oila" kitobini qanday topsam bo‘ladi?

Assalomu alaykum hurmatli ustoz! O‘zim qoraqalpog‘istonlikman, ertaga Toshkentga borib, indingga Rossiyaga uchmoqchiman. O‘zim bilan sizning "Baxtiyor oila" kitobingizni olib olmoqchi edim. Safardaligimda uni o‘qib o‘rganish, oila haqidagi bilimlarimni oshirish niyatim bor edi. Urganchdan topa olmadim. Toshkentda xech bo‘lmaganligim bois kitob do‘konlarini topolmayman degan havotirdaman. Sizdan iltimosim o‘sha kitob sotiladigan kitob do‘konining manzilini imkoni boricha, vaqtingiz bo‘lsa albatta, tezroq bersangiz. Shoyad kitobdagi bilimlardan men ham bahramand bo‘lsam. Ollohdan sizga va oila a‘zolaringizga omonlik tilab qolaman. Olloh sizni va bizni o‘z panohida asrasin.Assalomu alaykum va raxmatullohu va barokatux.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ushbu saytda turibdi. Mendan so‘rab nima qilasiz?!

5 May 2022, 02:24 | Savol-javoblar | 163 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar