Jinsiy azoning suvlanishi
Assalomu alaykum! Ayolimi quchoqlaganda jinsiy azodan bir muddat uyg‘onishi orqali suvlansa g‘usl vojib bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday vaziyatda odatda maziy chiqadi. Maniy chiqayotganda shiddat va shahvat seziladi. Maziyda esa bu narsa topilmaydi. “Kifoya” kitobida bunday deyilgan:
«Maniy» – shahvat shiddatlashgan paytda otilib chiqadigan suyuqlik.
Erkak kishining maniysi quyuq va oq, ayol kishining maniysi suyuq va sarg‘ish bo‘ladi.
«Maziy» – erkak kishining jinsiy a’zosidan jinsiy aloqani o‘ylagan yoki xotinini quchoqlagan paytda chiqadigan oq suyuqlik.
«Vadiy» – bavl qilgandan keyin ba’zida chiqadigan quyuq oq suyuqlik.
Maziy yoki vadiy chiqqanidan g‘usl qilish yo‘q.
Maniy shahvat bilan otilib chiqsa, g‘usl vojib bo‘ladi.
Bunda boshqa jinsdagi shaxsga nazar solish, jinsiy yaqinlikni tafakkur qilish, bevosita quchoqlashish va shunga o‘xshash barcha omillar tufayli maniyning shahvat bilan otilib chiqishi nazarda tutiladi.
Ammo, maniy shaxsning og‘ir narsa ko‘tarishi, baland joydan yiqilib tushishi kabi omillar tufayli shahvatsiz ravishda chiqsa, g‘usl vojib bo‘lmaydi.
Hanafiy mazhabi ijtihodiga binoan, er va ayol kishidan, xoh uyquda bo‘lsin, xoh uyg‘oqlikda bo‘lsin, maniy shahvat bilan otilib chiqqandagina g‘usl vojib bo‘ladi.
Birov mastlik yoki hushidan ketishdan so‘ng o‘ziga kelganda ho‘llikni ko‘rib, «maniy» deb gumon qilsa, g‘usl vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
20 Dekabr 2023, 11:05 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar