Folbinga borganni gunohini bo‘yniga olishi

Assalomu alaykum! Yaqin yaqindam beri oilamdagilarni qilgan ishlari meni ko‘nglimni g‘ash qilayapti. Men qayta-qayta takidlashimga qaramay bir yaqin insonim oyimga yumushini aytib folbinga borib keling gunohini bo‘ynimga olaman degan ekan Onajonim ham soddalik qilibmi yoki boshqa sabab folbinga boribdi. Alloh joylarini jannnatda qilsin Shayx Hazratlarini. Men Hazratni folbinga borgan odam kofir boladi degan maruzasini eshitgan edim. Endi oyim va o‘sha ishni aytgan yaqin insonim nima qilishsin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tez tavba qilishsin, istig‘for aytishsin. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 11:15 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar