Video o‘yinlari va Internet
Assalomu alaykum! Hozirgi kunda videoo‘yinlar juda ommalashib boryapti. Afsuski ularning ko‘pi foydasiz, buning ustiga zararli. Videoo‘yinlar va Internetning zararlari, qanday videoo‘yinlar o‘ynash mumkin, qandaylarini yo‘q. Mana shu mavzuda bir Do‘stim bilan tortishib qoldim. Tortishuvimizga oydinlik kiritib bersangiz. Uning aytishicha inson videoo‘yinlar va Internetda qilgan ishlariga javob bermas ekan, agar o‘sha narsalar unga zarar keltirmasa, farz amallarni bajarishga xalal bermasa. Men buni noto‘g‘ri, inson barcha ishiga javob beradi u xoh real haoyotda, xoh virtual hayotda bo‘lishidan qat’iy nazar deb aytdim. Aslida ham shunday. Yana bugun pubg mobile o‘yinidagi bir epizod ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Unda ishtirokchi qurol olish uchun bir butga sig‘inishi kerak. Bu ham mumkin emas. Lekin buni ham tushuntira olmadim. Real hayotda bunday qilmasa bo‘ldi. Virtualda mumkin deyapti. Har qancha tushuntirishga harakat qilmayin tushuntira olmayapman. Dalil bormi, bunga Qur’on yoki hadisdam dalil topib bering deyapti. Ko‘p yozganim uchun uzr. Lekin bu juda ham muhim. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz. Batafsil. Iloji bo‘lsa Qur’on, hadis yoki boshqa manbalardan bir qancha dalillar ham yozsangiz. Negaki dalilsiz tushuntira omadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda shirkka rozi bo‘lish shirk, kufrga rozi bo‘lish kufr, gunohga rozi bo‘lish gunohdir. Butga ta’zim qilish har qanday holatda ham kufr hisoblanadi. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 12:22 | Savol-javoblar | 129 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda shirkka rozi bo‘lish shirk, kufrga rozi bo‘lish kufr, gunohga rozi bo‘lish gunohdir. Butga ta’zim qilish har qanday holatda ham kufr hisoblanadi. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 12:22 | Savol-javoblar | 129 | Dolzarb savollar