O‘zimdagi holat

Assalomu alaykum! Ustozlar hozirda Rossiyadaman ishlash maqsadida kelganman, ish joyimda namoz o‘qish uchun sharoitlar yo‘q, kunduzgi o‘qiy olmagan namozlarimni farzini xufton namozi oldidan o‘qisam bo‘ladimi?
2). Bu erdagi magazinlarda sotiladigon mol go‘shtini halol haromligini bilmayabman, esam bo‘ladimi? Bu erda yurgan hamyutlarimizni aytishicha laborotoriya tekshiruvidan o‘tarmish. Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Sharoit topib o‘qing. Namozni tark qilishga uzr yo‘q. Bu hozirgi kunda qiyin emas, o‘zingiz astoydil xohlab Allohdan so‘rasangiz Alloh O‘zi oson qiladi. Siz avvalgi o‘ringa ishni emas namozni qo‘ying. Quyidagi linkdagi javoblarni ham o‘qing. https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=26951.0 https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=20762.0 https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=28590.0 2). Bo‘lmaydi. So‘yilayotganda Allohning ismlaridan birini aytib so‘yilmagan jonliqning go‘shti musulmon uchun halol bo‘lmaydi, garchi u go‘shti halol hayvon bo‘lsa ham. Baliq yoki tuxum esa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 05:03 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar