Ijtimoiy tarmoqdagi qimorga tushdim

Assalomu alaykum! Hozirda ko‘plab yoshlarni ichtimoiy tarmoqdagi qimor ya’ni sportga pul tikish va shunga o‘xshash o‘yinlarga pul tikib qimor o‘ynash qamrab olgan. Men xam yo‘ldan adashib shu yo‘lga kirib qoldim. O‘zimni biznesim, qo‘limda katta miqdordagi pul bor edi. Oson pul topish maqsadida bu yo‘lga kirdim va 2 yil davomida bor yo‘g‘imdan ayrildim. Xattoki katta miqdorda qarzga xam kirib qoldim. Bu qarzni ancha yil ishlab xam uzish gumon bo‘lib qoldi. Xar kun qarz so‘rab kelishadi, ota-onamni boshi egilib qoldi, akamni uylantirish, singlimni chiqarish fursati etgan. Shu qarzlar tufayli ular xam baxtidan kechyapti, qarz bilan turmush qurolmasligini yaxshi bilishadi. Xozirda kunimiz zo‘rg‘a o‘tyapti, man bu botqoqlikdan boshqa yo‘l bilan chiqib ketolmaslikni o‘ylab bu o‘yinni yaxshilab o‘rganib chiqdim va yutish mumkin bo‘lgan yo‘lini toptim. Ammo bu xarom pullar xisoblanadi, bu pullarga akamni uylantirib singlimni chiqarib baxtsiz bo‘lishlaridan qo‘rqaman. Domla boshqa imkonim yo‘q, bo‘lmasa qo‘rzlarimdan 10 yilda xam qutilolmayman. Maslaxat bering shu yo‘l bilan pul topib qarzlarimni uzib extiyojim uchun ishlatsam gunoxkor bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu televideniyani bizning xalqimizga berayotgan eng ulkan xatosidir. Yoshlarni tekindan, haromdan boyitishga targ‘ib qilish. Siz bu ishni qilsangiz gunohkor bo‘lasiz. Siz Alloh norozi bo‘lgan ishni qilib Allohni rahmatiga erishaman deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Agar shu ish ustida vafot qilsangiz najosat ichida turib jon bergan bo‘lasiz. Mumkin emas degan narsa bandaga tegishli bo‘lishi mumkin, lekin Alloh taologa mumkin emas degan narsa aslo to‘g‘ri kelmaydi. Yana yutaman deyishingiz bu, aniq yana yo‘ldan adashishingiz hisoblanadi. Yutgan taqdiringizda ham baribir yutqazgan hisoblanasiz. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 13:34 | Savol-javoblar | 135 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar