MUXUM SAVOL

Assalomu alaykum! Muxtaram Ustoz. Sizdan bir muxim savolni so’ramoqchi edim. Bu savolni bir biodarim so’rabberishni iltimos qilgandi. U bir ish boshlashlamoqchi bo’lib turgan ekan. U men aytdiki, o’zini shaxsiy kampiyuteri bor ekan. u sputnikka ulangan bo’lib, u yordamida harhil chet-el filimlarini kampiyuteriga yuklab olarkan. Eni shu filimlar bilan hozirgi kunda keng tarqalgan dvd-v’d disklarda filimlar sotayotgan insonlarni taminlab sarmoya to’plasam holol boladimi deb ikkilanayapti. Men unga agar sen yozadigan filimlarni huquqi himoyalangan bo’lsa, yani litsenzionniy bo’lsa bu ishni qilmaganing maqul bo’lsa kerak dedim. Keyin u menga yoq, men aytayotgan filimlar hali yurtimizga etib ham kelmaydi, ularni tarjima ham qilinmasa kerak men anashunday filimlarni yuklab olaman. Ularni birov bu erga olib kelib huquqini humoya ham qilmaydi dedi. Yana bir narsani ham blib berchi, hozirgi kundagi o’zbek filimlarni ham ko’paytirsam bo’larmikan dedi. yana u shu masala ham muham men printiri orqali anashunday disklar ustiga qilanadigan muqovalarni, afisha, fota suratlarni ham chiqarsam bo’ladimi dedi. Men agar foto surat hukmiga o’tsa bo’lsa kerak, sen mavjud bo’lmagan narsani shaklini chiqarmaysanmi dedim. U yoq dedi. Xullasi bu masaladi ikkalamiz ham ikkilanib turubmiz. unga fatvo bergani to’g‘risi o’zim qo’rqdim. Shuning uchun sizdan yordam so’rayapman. Uzi u birodarim taqvoli inson. Hozir hamma harajatlarni qilib jihozlarni olib qo’ygan. Konglidagi shubha borligi uchun ishini qorqmay boshlay olmayapti. Anashu shubhalardan qutulib qiladigan ishimni hukmini aniq bilib olganimdan so’ng bo’shlayman, shunga iltimos shumasalani Shayx hazratlaridan so’rabber deb iltimos qilgandi. Shuning uchun shu hususida batafsil tushuncha bersangiz. Birodarimga so’zlaringizni etgizib qo’yishga vada bergandim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu kabi narsalarni egasidan so‘rab, ruxsat bersa va o‘sha ish qilinayotgan erning qonuni ham buni ko‘tarsa qilish mumkin.

3 May 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar