iymon xakida

Assalamu alaykum Shayx Xazratlari. Kelayotgan iyd ramazon xayiti bilan sizni muborakbot etaman. Allox Bu kunni barcha musolmonlarga xayirli va quvonchli qilsin. Men esa bu yilgi ramazonni oldingidek xayrli kuta olmadim. Bunga imonimni sustligi sabab bo‘ldi.Inson ertadan tavba qilaman, namozni mukammal o‘qiyman, gunoxlarni kanda qilaman, Yana avvalgideg yaxshi bo‘laman deb yurishi nimadan. Bunga qandoq yakun yasasa bo‘ladi. qanchadan qancha kunlarni layoqatsizlik bilan befoyda va bekorchi narsalarga o‘ralashib o‘tgazib yuboraman. Xoxlasam ertadan imonli bo‘pqoladigandek tasavvur qilaman. Ko‘pincha bunga jurat qilaman lekin bardavom bo‘laolmayman. Bugunam o’tib tursun ertadan yana bo‘shlayman deb kunlarni o‘tgazib qo‘yaman. Imon mendan tobora yiroqlashib zayiflashib bormoqda. Batamom yoqoldimi yoqmi bilmayman. Bu borada Sizni bilimlaringizga muxtojman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu holat dangasalikning yuqori darajasi. Elkaga minib olgan shaytonni uloqtirish kerak. Alloh taoloning ko‘rib, bilib va hisobini qilib turganini him qiling. U zotdan qo‘rqing.

29 Aprel 2022, 05:14 | Savol-javoblar | 142 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar