Oilasiga bildirmasdan nikoh qilish
Assalomu alaykum! Bobom oldingi oilasiga va farzandlariga bildirmasdan yashirin nikoh qilib, uylanib olganlar. Bu xabarni farzandlari va oila a’zolari bir necha yil o‘tib eshitib, juda katta shov-shuvga sabab bo‘lib, urush janjal va nizolarga sabab bo‘lmoqda. Avallari oila a’zolarni “o‘rtada bola bor” deb aldab tinchlatib kelgan ekanlar. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha u ayol farzand ko‘raolmas ekan. Bir tomondan aka-ukalarlari bir tomondan oilasi, bir tomondan farzandlari noroziligi har xil oilaviy nizolarga sabab bo‘lmoqda. Bobomning oladigan pensiyalari faqatgina bitta oilani boqishga zo‘rg‘a etadi va ikkinchi nikohga olgan ayol esa boshqa shaharda istiqomat qiladi. Bobomning har safar ikkinchi nikohiga olgan ayolni oldiga borib kelganlarida har xil nizo va janjallar bo‘lib, ro‘zg‘orda notinchliklar chiqib turadi. Bu holatdan jahillari chiqib, bobom ichib kelib birinchi ro‘zg‘ordagi qonuniy xotinlariga va bollariga, kelinlarga, nabiralarga juda ko‘p ozor berib kelmoqdalar. Bunday holatda bobomning qilayotgan ishlari to‘g‘rimi? Oldindan bergan javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizlar bobongizning ishlariga aralashishlaringiz noto‘g‘ri. U kishini izzat-hurmat qilinishiga sizlarning dunyoga kelishingizga sababchi bo‘lganligi kifoya qiladi. Ota-ona muhokama qilinmaydi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 00:04 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush