Bir hadis ta’rifi

Assalomu alaykum! Ustozlar, hozirda internet tarmoqlarida Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Jannatda siz o‘z hayotingiz davomida sevgan insoningiz bilan bo‘lasiz" degan gaplarini turli rasmlarda ko‘rmoqdaman. Iltimos, shu iborani menga keng ma’noda tushuntirib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kim qaysi qavmni va qaysi insonni havas qilib unga muhabbat qilib hayot kechirsa, oxiratda u bilan birga bo‘ladi. Shuning uchun do‘zax ahlining, ya’ni do‘zaxga olib boradigan ishlarni qiluvchilarga muhabbat qilmaslik kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga va boshqa solihlarga muhabbat qilsa, Alloh fazli bilan ular bilan birga qiladi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 16:33 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar