ish yuzasidan

Assalomu alaykum, Shayx xazratlari men sizdan o‘zimning xayotimda bo‘layotgan ishlar xaqida so‘ramoqchiman. Xozirgi kunda mening ish tarzim, xayotim umuman nimaiki ish qilayotgan bo‘lsam hammasi chappasidan ketayotgandek (avvalo olloxga shukur bundan ham battar bo‘lishi mumkin ediku) hayolimda qisqacha qilib aytadigan bo‘lsam men o‘zim hokimiyat bilan bog‘liq ishda ishlayman. Shu kunlarda men xaqimda har-hil ig‘vo gaplar boshliqlarga aytilgan ular men qilmagan ishlarni menga ag‘darib meni aybdor sanab yurishibdi, o‘rnimga boshqa odamni ishga quyishmoqchi ham bo‘lishdi. Xullas ish bo‘yicha ancha muncha g‘avg‘o bo‘lib turibdi. Ayrim odamlardan maslahat oldim ular fol ko‘rsat eskichadan bo‘lishi mumkin, biror-bir mullaga borib o‘qitib yubor va shunga uxshash har-hil maslahat berishmoqda. Xurmatli Shayx xazratlari sizdan iltimos menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating, men shunday qilayki hammaga ma’qul va o‘z ishimga ham ziyon etmasin hech kim mendan ham hafa bo‘lmasin. Olloh sizga va jamiki mo‘min musulmonlarga doimo hamroh bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taologa duo qiling. Hamma narsani faqat U Zotning O‘zidan so‘rang.

6 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar