Qarzni qaytarib olish

Assalomu alaykum! Bir inson yillar oldin mol (tovar) olgan edi. O‘sha paytda falon kuni beraman deb ketgan. Mana qancha vaqt o‘tdi xamki qarzni qaytarishdan (pulni to‘lashdan) darak yo‘q. Har safar borganimda falon kuni deb va’da beradi. Bu xol 5-6 marta (balki undan xam ko‘proq) bo‘ldi. Telefon qilsak telefonlarini o‘chirib xam olgan. Shariatimizda ushbu xolat uchun qanday bir xukm bor? Ya’ni qarzni to‘lashlikdan bosh tortishlik yoki paysalga solishlikka qanday bir xukm bor? Vaxolanki qarzni qaytarishga imkoniyati borligi minib yurgan mashinasidan xam bilsa bo‘ladi. Iltimos shuni telegram orqali javobini yozsangizlar. Koshki qalbi yumshab qolsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Borib, qo‘lidagi mol-mulkidan o‘zingizni haqqingizchaligini tortib olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 16:34 | Savol-javoblar | 132 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar