Sherikchilikdagi ulush

Assalomu alaykum! Biz ikki kishi sherikchilik kilamiz. Chet eldan xom ashyolar olib kelib, sotish bilan shug‘ullanamiz. Xozirda vaziyat shuni talab qilib, uchinchi sherikni qo‘shishga qaror qildik. Uchinchi sherik biz xar birimizning qanchadan ulushimiz bo‘lsa xuddi shuncha pul qo‘shishi kerak bo‘ladi. Bu erdagi maxsulotlarni tan narxini chiqarib, sotilgan mollarni foydasi bilan xisoblab umumiy ulushimizani chiqardik. Lekin yana bir maxsulotga chet elga to‘lab qo‘yganmiz. Savolim shuki, shu chet eldan kelayotgan maxsulotimizani kelgandan keyingi taxminiy foydasini xisoblab chiqarishimiz kerakmi yoki faqat tan narxini o‘zinimi? Agar faqat tan narxi bo‘ladigan bo‘lsa uchinchi sherik u maxsulotimiz etib kelib, sotilgandan keyin undan chiqqan foydaga sherik bo‘ladimi yoki taniga sherik bo‘ladimi? Agar foydasigayam sherik bo‘lsa unda u bizdan kam pul tikkan bo‘lib qolmidimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tan narxning o‘zini hisoblaysizlar. Etib kelgach qancha xissasi uniki bo‘lsa ko‘radigan foydasi ham o‘shancha bo‘ladi. Chet eldagi molni pulini sizlar to‘lagan bo‘lsangiz o‘z hissasini sizlardan sotib olsin. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 135 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar