Telegramdagi lotareya

Assalomu alaykum! Hozirda telegramda gruppalar ochib savdo bilan shug‘ullanayotgan odamlar ko‘p. Gruppa adminlari odam sonini ko‘paytirish uchun har xil lotoreyali o‘yinlar o‘ynab turishadi. Xohlovchilar kontaktidan 50 ta odam qo‘shib lotoreyada qatnashishadi va raqam tanlanadi. Qatnashuvchilar soni 50 taga etgandan keyin g‘oliblar aniqlanadi. 50 ta odamdan 5 ta yoki 10 ta odam yutuq oladi. Bu lotoreya va unda yutib olingan narsalar harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bir qism odamlar tikib, boshqa taraf yutib oladigan har qanday o‘yin qimor hisoblanadi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar