Farosat ilmi

Assalomu alaykum! Bir ma’ro‘zada eshitishimcha, Imom Shofe’iy Imom Molikka shogird bo‘lib kelganlaridan keyin, 5 yil davomida "farosat ilmi"dan dars olgan ekanlar. Shu ilmlari bilan ba’zi shogirdlarining kelajakda qanday o‘lim topishlarini ham aytgan ekanlar. Bu qanday ilm? Hozirda ham bu ilm bilan shug‘ullanish bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu farosat emas “firosat” degan ilm. U siz aytgandek odamni kelajagini o‘rgatadigan ilm emas. Bu ne’mat ko‘zini nomahramlardan saqlagan kishilarga ham ba’zan beriladi. Qalbda basiyrat hamda firosatni ziyoda qiladi. U firosat bilan inson haqdan botilni, rostdan yolg‘onni juda osonlik ila farqlay oladi. Abulfavoris Shoh ibn Shujo’ rohmatullohi alayh: “Kim nazarini haromdan saqlasa, nafsini shahvatlardan saqlasa, botinini (fikr xayolini) doimiy kuzatuv bilan, zohirini sunnatga amal qilish bilan obod qilsa va halol eyishga odat qilsa, unday kishining firosat(yuritgan fikri va chiqargan hukm)i hato qilmaydi” deganlar. Ulamolar ichida Shoh ibn Shujo’ rohmatullohi alayhning (yuritgan fikri va chiqargan hukm)i xato chiqmasligi mashhur edi.  Shuning uchun nomahramlarga qarashga o‘rganib qolganning qalb ko‘zi ko‘r bo‘lib qoladi. Bir bor Shoh ibn Shujo’ rohmatullohi alayh Lut alayhissalom qavmining qissasi va ular mabtalo bo‘lgan holatni zikr qilib: “75. Albatta, bunda farosatli kishilar uchun oyat(belgi)lar bordir” degan. (Hijr)Mutavassim deb nazari harom va faxshlardan salomat bo‘lgan firosat ahllaridir” degan. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 18:09 | Savol-javoblar | 237 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar