Qo‘l mexnati uchun necha foiz qo‘yish

Assalomu alaykum! Men yaqinda sovunli gullar yasab, sotishni boshladim. Unga ketadigan maxsulotlari, idish va qoliplari bor. Bulardan qo‘l mexnati bilan gullar yasayman. Ketgan maxsulot pulini ustiga qo‘l mexnati uchun necha foiz qo‘ysam xalol bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Istaganingizcha narx qo‘yishingiz mumkin. Bu borada cheklovlar yo‘q. Ammo haridorlarning holatiga qarab muomala qilsangiz ishingizda baraka bo‘ladi. Moddiy qiynalganlarga sahovat qilishni ham yo‘lga qo‘yish kerak. Vallohu a’lam!

10 Fevral 2023, 00:07 | Savol-javoblar | 91 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar