Egizaklar tug‘ilsa taloq tushadi deyishmoqda
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, avvalambor ushbu savol uchun oldindan uzr so‘rayman. Bu savolni berishdan maqsadim opamga "farosatli" dugonalari AGAR AYoL UCh MARTA QAYTADAN EGIZAK FARZAND TUQSA U KELINGA TALOQ TUShADI deyishibdi. Shu narsani opamga tushuntirolmay qiynalyapmiz, sababi kelini ikki bora egiz tuqqan. Albatta bu Allohning ne’mati. Sizlardan yana bir bora uzr so‘rab shu haqida ma’lumot berishlaringizni iltimos qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! “AGAR AYoL UCh MARTA QAYTADAN EGIZAK FARZAND TUG‘SA U KELINGA TALOQ TUShADI” deb aytish Alloh va Uning rasuliga tuhmat qilish hisoblanadi. Chunki dinimizda bu kabi gaplar yo‘q. Din dushmanlari musulmonlarni ko‘paytirmaslik maqsadida shu darajada to‘qimalarni ham to‘qib yuborishgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:55 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar