Quruq najosat

Assalomu alaykum! Bizda ko‘pincha yosh bolali uyda xonani ichida ko‘rpacha tashlab qo‘yiladi. Tabiiyki yosh bola xonada qarovsiz qolsa hojatini chiqarib qo‘yadi. Bizda qishloq joylarda ish ko‘p bo‘lganligi uchun ko‘pincha shunday bo‘lib qoladi va bola ko‘rpacha ustiga ham hojatini chiqarib qo‘ygan paytlari bo‘ladi. Har yili erinmasdan ko‘rpachani ichidagi paxtalarni olib bo‘laklarga bo‘lib 3 marta suvini almashtirib yuvardim va maxsus paxtani yumshoq qilib beradigan jihozdan o‘tkazdirib keyin solardim ko‘rpachalarga. Alhamdulillah Olloh menga yana bir bor ona bo‘lishlik baxtini nasib etti va uy yumushlari ham shunga yarasha ko‘paydi. Savolim ko‘rpachani yuzidagi matosi toza pok qilib yuvilgan bo‘lsa siydik tekkan paxtasini ham yuvish shartmi yoki yuzidagi matoning pokligi etadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ustidagini almashtirsa bo‘ladi. Paxta shart emas. Paxta orttiladigan joyda bir orttirilib yuborilsa pok bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 04:05 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar