Chorva mollari

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman. Men chorva mollari boqaman, hozirda yangi bino qurish arafasidaman. Ya’ni yangi molxona. Joyimning noqulayligi tufayli chorva mollarining (ular bog‘lab boqiladi) yuzlari yoki orqa tomonlari qiblaga qarab qolmoqda. Shuning uchun ikkilanib qoldim. Qurilishni hali boshlaganim yo‘q. Sizlardan maslahat so‘rash uchun savol yubordim. Bilamizki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech qachon qibla tomonga qarab qazoyi hojat qilmaganlar. Biz ham shunga amal qilamiz. Bu holatda nima qilinadi yoki buni chorva mollariga aloqasi yo‘qmi? Men bu qurulishni qilib gunohga qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Chorva mollarga aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar