Vara’ haqida
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bu savol vara’ning dinimizdaga axamiyati xaqida bilganimdan keyin xayolimdan ketmayapti. Vara’ bilan g‘uluga ketish orasidagi farqni tushuna olmayapman. Masalan to‘y marakalarda tanovul qilinadigan xar bir narsani halol-halolmasligini so‘rash bu dinda g‘uluga ketish. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning erda yotgan xurmo sadaqa bo‘lishidan qo‘rqmaganlarida uni egan bo‘lishlari haqidagi voqea bu vara’ deyilgan. Iltimos, ular orasidagi farqlarni batafsilroq tushintirib bersangiz. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘y marakalarning egasi aniq, hurmoni esa egasi aniq bo‘lmagan. To‘y marakalarning egalari ham harom yoki shubhadan topadigan insonlar bo‘lsa ulardan ham parxez qilish kerak. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 19:58 | Savol-javoblar | 177 | Halol va harom