Mol so‘yish bismillah aytish

Assalomu alaykum! Mol suyishda qassob 3 marta Allohu akbar deb boshini kesdi. Man bismilaxir roxmani roxim deb ayttim. U qassob Allohu akbar deyiladi bo‘ldi dedi. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! So‘yish vaqtida bismillahni aytish

Masala: Bismillah Allohu akbar deb so‘yishni o‘rniga Allohu akbarni o‘zini aytib so‘ysa, jonivor halol bo‘ladi. Lekin sunnatga xilof ish tutganligi uchun makruh bo‘ladi.
Masala: So‘yayotgan paytda bismillahni o‘zini aytib, Allohu akbarni aytmasa, go‘sht halol bo‘ladi. Lekin ikkisini qo‘shib aytish sunnatga muvofiqdir. Esdan chiqarib bismillahni aytmasa, jonliq halol bo‘laveradi. Lekin qasddan aytmasa, halol bo‘lmaydi.عَنْ جَابِرٍ  رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: ذَبَحَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَوْمَ النَّحْرِ، كَبْشَيْنِ أَمْلَحَيْنِ أَقْرَنَيْنِ مَوْجُوئَيْنِ، فَلَمَّا أَوْجَهَهُمَا قَالَ: «إِنِّي وَجَّهْتُ وَجْهِيَ لِلَّذِي فَطَرَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ، عَلَى مِلَّةِ إِبْرَاهِيمَ حَنِيفًا، وَمَا أَنَا مِنَ الْمُشْرِكِينَ، إِنَّ صَلَاتِي وَنُسُكِي وَمَحْيَايَ وَمَمَاتِي للهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ، لَا شَرِيكَ لَهُ، وَبِذَلِكَ أُمِرْتُ، وَأَنَا مِنَ الْمُسْلِمِينَ، اللَّهُمَّ مِنْك وَلَك، اللَّهُمَّ عَن مُحَمَّدٍ وَأُمَّتِهِ، بِسْمِ اللهِ وَاللهُ أَكْبَرُ» ثُمَّ ذَبَحَ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Qurbonlik kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam oq-qora, shohdor, pichilgan ikki qo‘chqorni qurbonlik qildilar. Ikkisini qiblaga yuzlantirganlarida: “Inniy vajjahtu vajhiy lillaziy fatoros samaavaati val ard ’ala millati Ibrohima haniyfa va maa anaa minal mushrikiyn. Inna solaatiy va nusukiy va mahyaaya va mamaatiy lillahi robbil ’alamiyn laa shariyka lah va bizaalika umirtu va anaa minal muslimiyn. Allohumma minka va lak. Allohumma ’an Muhammadin va ummatihi. Bismillahi vallohu akbar” dedilar keyin so‘ydilar”.

Masala: Bismillah bilan so‘yish o‘rtasiga boshqa ishni qo‘shmaslik zarur. Aksariyat kishilar qurbonliklarini o‘zlari so‘ymoqchi bo‘ladilar. Lekin mohir bo‘lmaganliklari uchun qossob, ularni qo‘lidan ushlab pichoqni tortishga yordam beradi. Shunda pichoqni ushlagan ikki kishiga ham bismillahi Allohu akbarni alohida-alohida aytishlari vojib bo‘ladi. Pichoq tortuvchilardan birortasi bismillahi Allohu akbarni aytmasa, jonivor halol bo‘lmaydi. Lekin, jonivorni oyoq-qo‘lini ushlab turuvchilarga so‘yuvchi bilan bismillahi Allohu akbarni aytish shart emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:12 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar