Nomahram ayollar bilan qo‘l berib ko‘rishish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar bu savolni berishimga bir voqea sabab bo‘ldi. Bir kuni uyimizga ammamning qizi mehmon bo‘lib keldi. U kishining yoshi mendan taxminan 25 yosh katta. Mening yoshim 35 da. Bizning vohada nomahram ayol va erkaklarning qo‘l berib ko‘rishishi udum bo‘lib ketgan desa ham bo‘ladi. Hamma bunga oddiy holdek qaraydi. Men o‘sha kuni mehmon ayol ya’ni ammamning qizi bilan qo‘l berib ko‘rishmaslik uchun oldilariga kirmadim. Onam esa mendan xafa bo‘ldilar va menga bu ayol begona emasku va sizdan ancha kattaku dedilar. Muhtaram ustozlar, shunday holatda men qanday yo‘l tutishim kerak edi? Ular qo‘lini uzatib tursa nima qilishim kerak? Qimmatli maslahatingiz uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘rni kelganda bu borada shariatning hukmi qanday ekanligini bayon qilish kerak. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 05:24 | Savol-javoblar | 172 | Halol va harom