Xarom ishlarning oqibati yuzga uradimi?

Assalomu alaykum! Ba’zida yuzim o‘zgarib borayotganini xis qilaman. Qo‘rqib ketaman. Qilayotgan xarom ishlarim yuzimga urayotgandek, yuzim g‘alamislashib borayotgandek sezilyapti. Shunday holatlarni qanday yo‘l tutishim kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu hali holvasi. Oxiratda esa hammaning o‘rtasida kim nima qilgani va qanday ishlar bilan shug‘ullangani ochiq-oydin namoyish qilinib turiladi. Hadislarda “Zoniylarning farjidan yiring oqib turadi. Sudxo‘rlar jin tekkan kishilardek telbanamo bo‘lib egan haromlari qorinlarida ilon-chayon bo‘lib ko‘rinib turadi. G‘iybatchilarning tili osilib, hamma uni tepalab o‘tadi” deyilgan. Tavba qilib o‘zingizni to‘g‘rilang. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 05:24 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar