Qo‘lni ikki ramzi qilib rasmga tushish

Assalomu alaykum! Shunday ma’lumot keldi  ijtimoiy tarmoqdan birida. Ba’zi insonlar suratga tushish haromligini bilmaganday yana qo‘lni ikki qilib rasmga tushishadi bu nasroniylarda Alloh ikkita degan ma’noni anglatadi deb yozilgan ekan. Rasmga tushish harom emasligini bilamiz, ammo bu belgi ham unday ma’noni anglatmasa kerak? Inson o‘zi nima deb o‘ylavotganiga qalbidigiga qaraladiyu. Hech kim u ma’noda ikki qilib tushmidiyu? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U ishora ingliz tilidagi “V” Victory ya’ni g‘alaba ma’nosini bildiradi. Bu narsa musulmonlarda tarqamagan edi. Aksincha musulmonlarda ko‘rsatgich barmog‘i bilan ishora qilish tarqalgandi. Buni shirk yoki kufr deb bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

28 Iyul 2022, 09:32 | Savol-javoblar | 211 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar