1 taloq xaqida

Assalomu alaykum! Men yaqinda oilaviy mojaro sabab ayolimga qo‘ydim sendek ayolni deb aytgandim lekin u endi aytgan gaplaridan pushaymon ekani va kechirishimni boshqa bu xol takrorlanmasligini aytdi va men kechirdim endi qayta nikoh o‘qitgunimga qadar telefon orqali gaplashib turishim mumkinmi? Agar ko‘rishib qolsam nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bundan avaal taloq tushmagan bo‘lsa bu birinchisi hisoblanadi. nikoh o‘qitishni kechiktirmay tezroq o‘qitib oling. Tilga erk bermang. Ayolni taloqdan boshqa yo‘l bilan ham tarbiyalasa bo‘ladi. Agar orangizdagi taloqlar soni uchtaga etgan bo‘lsa nikoh o‘qitishga va yashashga yo‘l yo‘q. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 03:17 | Savol-javoblar | 134 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar