Tavbamning alomati

Assalomu alaykum Xazrat Sizga bir savolim bor edi. Savolimda kamchiliklar bo’lsa oldindan uzr so’reman. Men kollejda o’qib yugan davrim Alloh menga hidoyatni nasib qildi va men Qur’on va diniy kitoblarni o’qishni boshladim. Alloh menga Islom sababli ko’p yaxshiliklar nasib qildi lekin kollejni bitirish arafasida menda hidoyatdan og‘ish boshlandi va men yo’ldan toyilib ketdim. Toyilishni boshlagan davrimda 3ta tush ko’rganman lekin baribir toyilib ketganman. Hozir tavba qilganman va hidoyatga qaytish boshlandi. Hozir ham tavba qilyapman va unutilgan Qur’on darslarini qayta o’zlashtirayapman. Tushlarim:1. Rosulullohni ko’rdim U zot juda nursiz edi, men esa bundan hayratda nimaga Rosulullohni nursiz ekanligidan ajablanayapman ekan.2. Rosulullohni mendan g‘azablanayotgan holatda ko’ribman.3. Alloh meni jahannamga Amr qildi va meni qaynoq suvga solishdi men bo’lsa qattiq iltijo qildim. Keyin menga tepadan arqon tushirildi va men unga osilib chiqib ketdim.Xazrat savolim shundan iboratki, men tavbamni qabul bo’lishimni alomati deb o’zimcha Rosulullohni mendan xursand holda tushimda ko’rishni belgilab olganman shu ishim to’g‘rimi. Javobingiz uchun oldindan Rahmat Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tavbani astoydil qiling. O‘zingizni o‘nglang. Ibodatda sobitqadam bo‘ling.

28 Iyul 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 174 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar