Xafa qilgan insonni topa olmasa
Assalomu alaykum! Men ancha yil oldin begona bir insonni xafa qilganman. U menga "siz ham menga o‘xshab aytgan gapingizning ustidan chiqa olmang" deb duo qilgan edi. Har safar gapimning ustidan chiqa olmasam o‘sha odam esimga keladi. Kechirim so‘rab rozi qilayin desam, uni topa olmasligim aniq. Qilgan ishimdan afsusdaman. Shunday holatda nima qilsam bo‘ladi? Topib kechirim so‘rashdan boshqa biror yo‘l bilan aybimni yuvish imkoniyati bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohga duo qilib hojatingizni uning o‘zidan so‘rang. Qo‘lingizdan keladigan barcha ishni qilganingizni, qolganini O‘ziga havola qilishingizni aytib yolvoring. Vallohu a’lam!
7 Oktabr 2022, 17:14 | Savol-javoblar | 268 | Dolzarb savollar