Qurbonlikdan keyin

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qurbonlik so‘yilgandan keyin har xil ovqatlarni qilib, qo‘shni, og‘ainlarni chaqiramiz. Dasturxonga duo qilishdan avval Ismoil alayhissalom haqlariga oyat o‘qisa bo‘ladimi? Bir otaxonimiz qurbon bayramida oyat o‘qish shart emas dedi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mashina olgan Dovud alayhissalomga, duradgorlar Nuh alayhissalomga, dehqonlar Odam alayhissalomga, tikuvchilar Idris alayhissalomga, siz aytishingiz bo‘yicha qurbonlik qilganlar Ismoil alayhissalomlarga xoslab Qur’on o‘qish shariatimizda yo‘q. Umumiy tarzda Qur’on o‘qish, umumiy tarzda ularga savob bag‘ishlash joiz. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 05:24 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar