Kalla pocha

Assalomu alaykum! 1). Agar er xotiniga boin taloq qilsa, idda ichida yana nikohiga olsa yana maxr qo‘yiladimi yoki shartmasmi? 2), Kalla pochani qassoblar sikidkaga oladi. Agar so‘yib berishim kalla, pocha va teri desa go‘sht bizda 44.000 so‘mdan 40.000so‘mdan go‘shtingni olaman desa bo‘ladimi yoki kalla va go‘shtni bitta toroziga qo‘yib tortib 38.000 so‘mdan beraman desa xar ikkalasi ham to‘g‘rimi? Biz tarafda ba’zi domlalar kalla pocha va teri sikidka qilib bay qilsa bo‘ladi degan fatvo berishyapti. Bu zaruratdanmish, shunga odamlar ko‘nishyaptikan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Yangi nikohga yangi mahr shart. 2). Domlalar noto‘g‘ri fatvo berishibdi. Chunki savdoda shartlashib evazsiz olingani ribo bo‘ladi. Kalla pocha va terini kilolab sotasizmi yoki turishiga savdolashasizmi uni farqi yo‘q. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 15:28 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar