Ko‘ngli toza insonlar
Assalomu alaykum! Hurmatli uztozlar, hozir juda ko‘p ko‘ngli toza insonlar ko‘payib ketdi. Masalan bir odamga juma namoziga yur desam u men bir hafta gunox qilib keyin borib nomoz o‘qimayman. namoz o‘qimasam ham Alloh tilimda emas dilimda, ko‘nglim toza deydigan insonlar ko‘p. Shu masalada to‘xtalsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh o‘zlarining kitoblarida: Ko‘ngil tozalikning alomati bo‘ladi. U Alloh taoloning har bir qil deganini qilib qilma deganini qilmaslikdir. Ularni qilmasdan turib ko‘nglim toza deyuvchilar xuddi itni taqvosiga o‘xshash gapni gapirgan bo‘ladi. Odatda itlar siydigim badanimga tegmasin deb oyog‘ini ko‘tarib siyadi, lekin uydagi yosh bolalarning axlatini eb ham qo‘yaveradi – deganlar. Ularning gaplari shunga o‘xshamasmikin? Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:39 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar