Miskinlarga haq qaytarish

Bir savol-javobda ehsonlarni "Aniq shaxsga va o‘z qo‘li bilan bergan afzal" - degan javobni o‘qidim. Men "paynet" tizimi orqali ishlagan vaqtimda, ilmsizlik tufayli ko‘pchilikning haqi menga qolib ketgan. Hozirda shu mablag‘ni qarzim sifatida miskinlarga bermoqchi edim. Bu to‘g‘risida masjid imomiga aytganimda, meni shahardagi miskinlar uchun yordam so‘ragan bir ayolga jo‘natdilar. U ayol "Otinoyilar kengashi"ning raisi ekanlar. Shu ayol orqali qarzlarimni tarqatsam bo‘ladimi? Yoki yuqoridagi javobga asosan o‘z qo‘lim bilan berishim lozimmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘zingiz tarqating.

28 Iyul 2022, 09:50 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar