Mast holda vafot qilganga duo
Assalomu alaykum! Bir qarindoshimning dadasi bir necha yil avval vafot etganlar. Ular aroq ichgan hollarida yani mast holatda vafot etganlar, shu sababdan ularga janoza uqilmagan. Mast holatda vafot etgan inson, janoza o‘qilmagan inson jahannam qariga tashlanadi deb o‘qigandim. Hamda Tavba surasi 113-oyatda "ular olov sohiblari ekanligini ayon bo‘lganidan so‘ng mag‘firat so‘rab duo qilishi durust emas" deyilgan ekan. Shunda qarindoshim dadasi uchun duolarida Alloh rahmatiga olishini, mag‘firat qilishini so‘rab duo qilishi mumkin emasmi yoki bu oyat faqatgina mushrik bo‘lgan insonlarga mag‘firat so‘rash haqidami? Qarindoshim qanday duo qilishi joiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon bo‘lgan bo‘lsa, ichgan holatda vafot topsa ham haqqiga duo qilinaveradi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 06:36 | Savol-javoblar | 183 | Dolzarb savollar